Kompyutorni ishlatish va tuzatish bo’yicha o’qituvchilar uchun qo’llanma

Operatsion sistemani o`rnatish:

Operatsion sistemani o`rnatish.
Operatsion sistema funksiyalari
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – dasturiy ta’minotning
mavjudligidir.
Dasturiy ta’minot 2 ta guruhdan iborat:
– sistemaning ishlashi bilan bog`liq sistema tizim programmalari;
– amaliy programmalar.
Operatsion tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar
bo`lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari
orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni
osonlashtiruvchi sistema dasturlar yadrosi operatsion tizimdir. Operatsion
tizim foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o`rnatishni,
kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni,
kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta’minlovchi
programmalardir.
Hozirgi paytda turli operatsion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS
DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH va
boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi programmalar mavjud. Ular
programma utilitlari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter
ishlashini qulaylovchi programmalardir.
Amaliy programmalar predmet sohadan olingan alohida masalalar va
ularning to`plamini yechish uchun qaratilgan bo`lib, amaliy masalalarni
yechish uchun mo`ljallangan. Bunday programmalar majmui amaliy
programmalar paketi (APP) deb ataladi.
Programmalar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo`ladi. Ammo
operatsion sistemalar va u bilan bog`liq programmalar ancha katta hajmga
ega bo`lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba’zi bir sistemali programmalar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy
sistema programmalari (ular BIOS (Basa Input Output System)) deb
ataladi va to`g`ridan-to`g`ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi
qurilmasiga yozilgan bo`ladi.
WINDOWS XP operatsion sistemasini yaxshi o`rganib olish uchun reja
tuzib olish kerak:
1) Operatsion sistema (OS) qanday o`rnatiladi. 2) OS bilan qanday ishlanadi.
3) Qurilmalar va ularning vazifalari. 4) WINDOWS uchun maxsus dasturlar (FAR, total
commander, Antivirus) 5) MS OFFICE dasturlari bilan qanday ishlanadi. 5) Grafik muharrirlar
bilan qanday ishlanadi. (Paint,phoroshop, VISIO2003)6) Klaviatura trenajerida ishlash har kuni 10 minutdan (SOLO 8.0 dasturi)
Albatta bular kengaytirilib borlishi mumkin.
WINDOWS ni turi qanday aniqlanadi– Мой компютер o`n knopka va свойства tanlanadi.
Natijada OS, kompyuter Microprotsessori va operativ xotira haqidagi ma’lumotlar
ekranda hosil bo’ladi.
ASOSIY PAPKALAR-Мой компютер, Мои документы, Корзина, Windows, Program
Files, System Volume Information, Documents and Settings, RECYCLER
Мой компютер- bu yerda kompyuter haqidagi barcha ma’lumotlar, qurilmalar, disklar,
o’rnatilgan dasturlar haqidafi ma’lumotlar joylashgan bo`ladi.
Мои документы –bu papkada foydalanuvchi tomonidan saqlanayotgan fayllar saqlanadi. MS
WORD va MS EXCEL fayllari avtomatik ravishda shu yerda saqlanadi. Hohishga qarab ular
o`zgartirilishi mumkin.
Корзина- Kompyuterdan o`chirilgan fayllar vaqtinchalik shu yerda saqlanadi. Uni qaytdan
avvalgi joyiga tiklash(востановление) yoki umuman o`cherish (очистить, удалить) mumkin.
WINDOWS- Bu eng asosiy papka hisoblanadi. Kompyuter shu yerdan foydalanib ishlaydi. Bu
papkani yoki ichidagi papka va fayllarni o`chirish mumkin emas.
Program Files – kompyuterga o`rnatilgan dasturlar joylashadigan papka. (MS OFFICE,
WINDOWS MEDIA, kodek)
Documents and Settings- bu papkada kompyuterda ishlovchi foydalanuvchilar fayllari va
ularning windowsga uyklagan vazifalari joylashadi. Foydalanuvchilar ko’p bo’lishi mumkin.
Masalan TEACHER, USER, Administrator, SERVER kabi.
System Volume Information –kompyuterning operatsion sistemasini tiklovchi kesh
xizmatchisi joylashgan bo`ladi. OS ni tiklovchi dastur reestrdagi ma’lumotlarni shu papkada
saqlaydi. Agar kompyuterga virus tushsa C va D diskda System Volume Information
papkalarida viruslar qolib ketishi mumkin, Shundan ehtiyot bo`ling.
RECYCLER – kompyterdan o`chirilgan papka va fayllar saqlanadigan joy. Ya’ni Корзина
ga tushgan fayllar shu yerda saqlanadi. Agar FLESH DISKDA shunday papka hosil bo’lsa,
demak bu virus joylashgan papkadir. Siz bu papkani flesh diskdan o`chirib tashlang.
ASOSIY FAYLLAR: boot.ini; Bootfont.bin; CONFIG.SYS; MSDOS.SYS;
IO.SYS;NTDETECT.COM ; ntldr
Bu fayllar WINDOWS yuklanayotganda kerak bo`ladi. Ularni viruslar bilan adashtirmang.
Ushbu fayllar ham C diskda joylashgan bo`lib atributlari yashirin holatda bo`ladi. Endi operatsion sistemani o`rnatishga qaytamiz.
Avvalambor kompyuter tipi, asosiy plata tipi, texnik talablar qarab chiqilishi kerak.
1) markaziy protsessor tipi ( taktik chastota aniqlanadi150 Mhz dan 3.6 Gghz gacha) qisqacha “CPU”
2) Operativ xotira imkoniyati ( simm, dimm, ddr1, ddr2)
3) Asosiy plata (ASUS, SIEMENS, DAEWOO)
4) Qattiq disk ( ATA, SATA, hajmi va aylanish tezligi)
Operatsion siatema (OS) o`rnatilayotganda albatta bularni hisobga olish kerak. Savol paydo bo`ladi: xo`sh qaysi OS
qanday minimal talab bor. Ushbu jadvalda ularni ko`rishimiz mumkin.
OS CPU
markaziy prosetsor
Operativ
xotira
Asosiy plata Qattiq disk
WIN95 100-133 Mhz 4 MB yuqori Pen 1-3 ATA
2 GB gacha
Win98 100 Mhz dan yuqori 16 MB yuqori Pen 1-3,4 500mb -40 gb
Win 2000 200 Mhz dan yuqori 64 MB yuqori Pen 2-4 2 Gb yuqori
Win XP 500 Mhz dan yuqori 128MB yuqori Pen 2-4 3 Gb yuqori
Win VISTA 1 Gghz dan yuqori 512mbdan
yuqori
Pen 3-4 5 Gb yuqori
Albatta bu yerda qurilmalarni tanlash muhim rol o`ynaydi. Siz ma`lumotlarni qurilma ustidagi yozuvga
qarab, yoki kompyuterni maxsus dasturlari yordamida aniqlashingiz mumkin.
Hozirgi vaqtda ommaviy bo`lgan WIN XP dasturini o`rnatishni ko`rib chiqamiz.
Dastlab kompyuter birinchi bor yoki ishdan chiqqan paytdagi holt aniqlanadi. Agar qattiq diskda
ma’lumotingiz bo`lsa, avval OS sistemani o`rnatishdan oldin ERD2005 diski bilan kompyuterni yuklab,
barcha disklardagi keraksiz fayillarni o`chirish kerak. Bu papkalarda viruslar joylashgan bo`ladi.
Diskdan OS yuklanayotganda Lokal tarmoqni soazlashni so’raydi. Siz undan SKIP tugmasni bosib
chiqib keting. Soatlar so`ralganda OK tugmasini bosing. Nihoyat WINANTERNALS OS yuklanadi. Siz MY
KOmpyuter tugmasi yordamida disklarni ko`rishingiz mumkin.
Kompyuterdan uchiriladigan papkalar: 1) RECYCLER 2) System Volume Information 3) Documents
and Settings (ichidagi ba’zi papkalar qoladi) 4 ) WINDOWS 5) Programm Files (agar virus bo`lsa, drayverlar
yo`q bo`lsa uni nomini o`zgartirish kerak). Bundan tashqari viruslar va ular hosil qilgan papkalar ham “delete”
buyrug’i orqali o`chiriladi. Bunda o’zak katalogdagi notanish papkalar va fayillar o’chirilishi kerak. O’yinlar
joylashgan papkalarda ham viruslar joylashib oladi. Ularni ham o`chirish kerak.Yoki kompyuterga antivirus
o`rnatib to’liq tekshiruvdan o’tmaguncha o’yinlarni ishlatmaslik kerak.
C diskdagi barcha bajariluvchi fayillarni o’chirishingiz mumkin. Ular kengaytmasi exe. *.com. *.bat.
*.sys. *.dll kabilardir. Albatta sizning WORD. EXCEL da yozgan yozuvlaringiz qolishi mumkin. Ularning
kengaytmasi esa *.doc; *.xls ko`rinishda bo`ladi. Ya’ni Documents and Settings papkasida Moi dokumenti va
rabochiy stol joylashgan shuning uchun ularni boshqa joyga “copy to” buyrig’i orqali o’tkaziladi. Hamma
amallarni bajarjach kompyuterga qayta yuklashga buyruq beriladi. Yuklash jarayonida XP OS o`rnatuvchi disk
solinadi. Demak XP OS ni o`rnatishga tayyormiz. ERD2005 diski bilan ishlashni keynroq bayon qilaman.
“WIN XP SP 2-3 ” OS o`rnatish
Bu OS to`liq atalishi : “Microsoft Windows XP Professional RU SP2-3”.
Albatta OS o`rnatish uchun yuoridagi qurilmalardan tashqari CD-ROM kerak. Chunki OS kompakt diskda.
Disklar turlicha o`rnatilish ega. Ularni olishdan oldin, serial nomerini qarash ,virus yo`qligiga ishonch hosil
qilsh kerak.
1-etap Hamma narsa tayyor bolgach, XP diskni CD-ROMga solib, kompyuterni CD-ROMdan yuklashga
buyruq berish kerak. Buning uchun F8 , F11, F12, funksional klavishlaridan biri tanlanadi. Qaysi klavishni
bosish kerakligini kompyuterni o`zi yuklanish vaqtida ekranni pastki qismida (BOOT MENU) ko`rsatadi.
Bunda qyuidagicha menyu chiqishi mumkin.
HDD: SEAGATECD-ROM ASUS
USB FLASH
Siz strelka yordamida CD-ROMni tanlang.
Demak yuklash CD-ROM dan boshlandi.
2- etap. Shundan so’ng kompyuter CD-ROM qurilmasidan yuklay boshlaydi. Disklar turlicha bo`lib, ba’zilari
yuklashni qayta tasdiqlashni so`raydi. Bunda ENTER bosiladi. Ya’ni ekranda quyidagicha yozuv chiqadi:
Siz CD dan yuklash uchun biror tugmani bosishingiz kerak.
Agar disk menyusi chiqsa Установка tanlanadi. Kompyuter ekranida ko`k oyna «Установка WINDOWS»
hosil b`olib drayverlarni yuklay boshlasa demak hammasi OK.
3-etap. Kerakli drayverlarni yuklash tugagach «Установка dastur sizdan qanday amal bajarishni so`raydi. Shu
yerda ozroq mavzudan chetlashib, o`rnatuvchi disklar turlicha bo`lishini eslatib o`taman. Siz uchun ushbu
disklardan birini ishlashini ko`rsatib o`tmoqdaman. Ammo barcha disklar umumiy jihatdan bir xil ishlaydi.
Siz WINDOWS XP OS ni qaysi turini o`rnatishni hohlashingiz o`zingizga havola. Hozirgi vaqtga kelib XP OS
si kamchiliklari bartaraf qilinmoqda va bu OS ni turli sohalarda ishlatish uchun tadbiq qilinmoqda. Ba’zi
kompyuter ishlab chiqaruvchi firmalar o`zlarining platalari uchun alohida WIN XP ham tayorlashganki ular
boshqa plataga o’rnatilsa ishlamaydi. Shuning uchun disklar universal barcha platalarga tushadigadiganidan
tanlashni unutmasg. Masalan “CHIP-XP 2014 ” DVD diski barchaga maqul kelmoqda. Chunki uning tarkibida
kerakli barcha drayverlar, animatsiaylar va h.k. mujassamdir.
Demak OS o`rnatuvchi dastrur yuklangach quyidagi oyna hosil bo’ladi.
1) windows ni o’rnatishni davom ettirish uchun ВВОД (ENTER) bosing.
2) diskni belgilanmagan qismida mantiqiy disk hosil qilish uchun lotincha “C” tugmasini bosing.
3) belgilangan mantiqiy diskni bekor qilish uchun lotincha “D” tugmasini bosing.
4) dasturdan chiqish uchun F3 ni bosing. (ba’zan u mavjud emas)
Agar siz ko`rsatilgan disklarni birortasiga WIN XP o`rnatmoqchi bo`lsangiz( agar kompda virus mavjud bo`lmasa.
Keyinroq batafsil aytib o`taman), u holda strelka yordamida biror diskni tanlang va ENTER tugmasini bosing.
Agar siz boshqatdan mantiqiy disklar hosil qilib, ( C, D) WINDOWS o’rnatmoqchi bo’lsangiz. ESC tugmasini
bosing. Bu professionallar uchun. Bunda avval HDD dan mantiqiy disklar bekor qilinadi. So’ngra qaytadan “C”
tugmasini bosib, manqiy disklar hosil qilinadi.
4-etap. Biror disk tanlangach kompyuter ushbu diskda WINDOWS bor yoki yo’qligini aniqlaydi va ushbu muloqot oynasi chiqadi.
o Чтобы установить Windows XP Professional в выделенный раздел
нажмите ВВОД (ENTER)
o Чтобы создать раздел неразмеченном области диска нажмите «С»
o Чтобы удалить выделенный раздел нажмите D
o для выхода из программы установки нажмите F3
C: 1 раздел (FAT32) 2000 MB из 10000 MB
D: 2 раздел (NTFS) 5000 MB из 55000 MB
На диске С установлена ОСWINDOWS XP HOME EDITION.
Выберите букву L удаления старого и установить новый ОС.Ya`ni eski, ishlamay qolgan Windows OS o’rniga yangisini o’rnatish mumkin. Bunda faqat Windows papkasi
va bir nechta fayllar yangilanadi. Qolgan barcha ma’lumotlar saqlanib qoladi.
5-etap. Ekaranda fayllarni ko`chirish oynasi chiqadi. Fayllar to’liq ko’chirib bo’lgunicha kutib turing.
Kompyuter fayllarni ko`chirib bo`lchach (Перезагрузка через 15 секунд) “15 sekundan keyn OS ni qayta
yuklash” bajarilishi haqida ma`lumot chiqib kompyuter qayta yuklanadi.
6-etap. Albatta bu safar kompyuterni qattiq diskdan yuklash kerak. Yani F8 yoki kompakt diskdan yuklash
so’ralganda hech qanday amal bajarmaslik kerak.
7-etap. Kompyuter qattiq diskdan yuklagach, WIN XP ning OS o`rnatish jarayonini ikkinchi qismi boshlanadi.
Bunda serial nomer so`raladi.(ba’zi hollarda so`ralmaydi). «Далее» tugmasi bosiladi.
8-etap.Vaqt, sana, til kabi parametrlar tanlanadi.
9-etap. Установка сети “tarmoqni o’rnatish” lokal tarmoq parametrlari tanlanib
sozlanishi mumkin. Bunda lokal tarmoq parametrlariga teginmay «Далее»
tugmasi bosiladi.
10-etap. O`rnatish jarayoni tahminan 40 minut davom etadi. Albatta jarayon vaqti
operativ xotira hajmiga ham bog’liq. Ya’ni xotira qancha katta bo’lsa jarayon
tezroq tugaydi.
12- etap. Kompyuter ekranidagi teskari soat vaqti tugamaguncha kompakt diskni
CD-ROMdan olmaslik kerak.
13- etap. Jarayon tugaguncha kompyuter qayta yuklanishi ham mumkin. Lekin
oxirida kompyuter qayta yuklanishi aniq. Qayta yuklangach, monitor rejimi
tanlanadi, server nomi tanlanadi, internetga ulanish bekor qilinadi.
14-etap. Va nihoyat “WINDOWS XP Ish stoli” yuklangach o’rnatish tugallannadi.
Hurmatli o’quvchi biz yo’qorida ko’rib o’tgan variant umumiy holat edi. Ba’zi hususiy hollar ham mavjud.
bularga:
DOS- sistemali diskdan OS CD-ROM drayveri bilan yuklab, CD-XP diskdan i386 papkasidan
“winnt.exe” fayli ishga tushiriladi.
W9x, NT4 или W2k OS yuklanib turganga qattiq diskni boshqa mantiqiy diskiga WIN XP OS
o’rnatish mumkin. Ya’ni sizda CD-ROM qurilmasi bo’masa, yoki asosiy platada SATA-2 qurilmalarini
o’qiy olmasa siz qattiq diskka WIN XP CD diskni ko’chirib olib, W9x, NT4 yoki W2k OS yuklangach
“setup.exe” dasturini ishga tushirasiz va boshqa mantiriy diskda WIN XP o’rnatasiz.
Bu ishlarni malakali mutaxassis bilan birgalikda bir necha bor bajargan so`ng mustaqil
bajarish mumkin. Chunki kompyuterdagi ma’lumotlarni o’chib ketishi barchamiz uchun
achinarli holdir. Mutaxassis bilan ishlaganda esa bunday ma’lumotlarni qanday saqlash
mumkinligi namoyon bo`ladi. Avval aytib o`tganimdek WIN XP disklarini tanlashda
adashmang. Disklarni iloji boricha ishonchli manbadan, litsenziyali holda oling. Disklar
olinganda uning serial nomeri ham kerak . Nomerlarni biror yon daftarga yozib qo’yish
foydadan holi emas.

 

Ziyonet partalida o’z Web saytingizni yaratish bo’yicha qo’llanma.

M U N D A R I J A

ZiyoNET portalida ro’yxatdan o’tish.

ZiyoNET portalida Sayt-satellit yaratish.

Sayt-satellit tashqi ko’rinishni hamda kerakli vidgetlarni tanlash (www.shahrisabz.zn.uz sayti misolida).

Saytga kerakli havola va toifalar qo’shish.

Saytga maqola, yangilik hamda rasm joylashtirish.

I. ZiyoNET portalida ro’yxatdan o’tish.

1. Birinchi navbatda ZiyoNET portaliga kiriladi hamda “Ro’yxatdan o’tish” tugmasi bosiladi:

2. Foydalanuvchiga “Ro’yxatdan o’tish” oynasi ochiladi. Ro’yxatdan o’tish davomida “Yulduzcha(*)” bilan ko’rsatilgan har bir qatorni to’ldirib chiqib, “Ro’yxatdan o’tish” tugmasi bosiladi:

3. Ro’yxatdan o’tgandan keyin ZiyoNET portaliga kirib o’z loginingizni yozasiz hamda “Kirish” tugmasini bosasiz. Sizda avtomat ravishda “ID.UZ” timizi ochiladi, maxfiy so’zni kiritib yana “Kirish” tugmasini bosasiz va siz ZiyoNET portalidan to’liq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz:

II. ZiyoNET portalida Sayt-satellit yaratish.

4. ZiyoNET portali ochilganidan keyin, portalning “Sayt-satellitlar” bo’limiga kiriladi:

5. “Sayt-satellitlar” bo’limida “Sayt-satellit yaratish” tugmasi bosiladi hamda sayt-satellilarni yaratish va ulardan foydalanish qoidalari oynasi ochiladi. Mavjud qoidalar bilan tanishib chiqganingizdan keyin shartlarga rozilik belgisi [V] qo’yiladi hamda “Yulduzcha(*)” bilan ko’rsatilgan har bir qator to’ldirib chiqilib, “Saytni yaratish” tugmasi bosiladi:

6. Sayt-satellit yaratish bo’yicha so’rovnoma ZiyoNET portali moderatorlarlari tomonidan 3 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi va sayt tasdiqdan o’tsa foydalanuvchi pochta qutisiga xat yuboriladi. ZiyoNET portalida yaratilgan sayt tashqi ko’rinishi quyidagi ko’rinishda ochiladi:

III. Sayt-satellit tashqi ko’rinishni hamda kerakli vidgetlarni tanlash ( qorakul1.zn.uz sayti misolida).

7. Birinchi navbatda saytga kiriladi. Masalan: qorakul1.zn.uz

8. Saytga kirilganidan keyin “Meta” oynasidagi “Boshqaruvlar paneli (Войти, Log in)” tugmasi bosiladi:

9. UZ tizimiga kirish uchun chiqqan oynaga “Login” yoziladi hamda “Kirish (Войти, Log in)” tugmasi bosiladi hamda siz avtomat ravishda ID.UZ tizimiga yo’naltirilasiz:

10. Endigi navbatda ID.UZ tizimidagi “Maxfiy so’z (Parol)” yozilib, “Kirish (Войти)” tugmasi bosiladi hamda keyingi oynadan “Ruxsat berish (Разрешить)” tugmasi bosiladi:

11. Yuqoridagi harakatlardan keyin siz Sayt-satellitning ichki sozlamalar qismiga yo’naltirilasiz hamda sizda quyidagicha ko’rinish chiqadi:

12. Birinchi navbatda Saytning tashqi ko’rinishi uchun “Mavzular (Темы)” bo’limidan bironta o’zimizga yoqqan ko’rinishni tanlab, “Aktivlashtirish” Natijada sayt-satellitning tashqi ko’rinishi biz tanlagan ko’rinishga o’zgaradi:

13. Keyin esa “WIDGETS” tugmasi bosiladi va saytning chap va o’ng tomonida joylashadigan kerakli bo’limlar birma-bir “Available va Inactive widgets” (chap tomondagi) oynalaridan sichqoncha yordamida “Sidebar (Yon qism)” (o’ng tomondagi) oynasiga siqqoncha yordamida olib qo’yiladi:

IV. Saytga kerakli havola va toifalar qo’shish.

14. Saytning tashqi ko’rinishi tayyor bo’ldi. Endi kerakli saytlar havolasini joylashtirish uchun “Bog’lar” bo’limida “Add Mew” tugmasi bosiladi hamda sayt nomi, internet tarmog’idagi adresi va tavsifi yozilib, “Bog’ qo’shish” tugmasi bosiladi.

15. ZiyoNET ta’lim portali havolasi qo’shildi hamda buni saytning ichki va tashqi ko’rinishida ko’rish mumkin:

16. Saytga joylashtiriladigan materiallar uchun Toifa(Category) qo’shamiz. “Maqolalar” bo’limida Toifa(Categories) tugmasi bosiladi hamda bo’sh joylarga toifa nomi va tavsifi yozilib “Yangi Toifa yaratish(Add New Category)” tugmasi bosiladi. Yangi yaratilga toifani quyida ko’rishingiz mumkin:

V. Saytga maqola, yangilik hamda rasm joylashtirish.

17. Yangi maqola joylashtirish uchun “Maqolalar” bo’limida “Add New” tugmasi bosiladi hamda “Yangi maqola qo’yish” oynasi ochiladi:

18. “Yangi maqola qo’yish” oynasida birinchi navbatda maqola nomi yoziladi, keyin pastki qismga to’liq maqola yoziladi, toifalar bo’limidan maqolaga tegishli toifa tanlanadi hamda “Chop etish” tugmasi bosiladi:

19.Saytga joylashtirilayotgan maqolaga tegishli rasm qo’yish uchun birinchi navbatda “Yangi maqola yozish” oynasidagi “Add an Image” tugmasi bosiladi hamda hosil bo’lgan “Add an Image” oynasidagi “Select Files” tugmasi bosiladi:

20. Rasm tanlash oynasi orqali kompyuterdan tegishli rasm tanlanadi va “Сохранить” tugmasi bosilib saytga rasm yuklab olinadi:

21. Yuklangan rasmning nomi, tavsifi yoziladi hamda o’lchamlari belgilanib, “Insert into Post” tugmasi bosiladi. Rasm yozilgan maqola qatoriga tushadi hamda “Chop qilish” tugmasi orqali saytga chiqariladi:

22. Yangi qo’shilgan maqolani sayt-satellitning tashqi ko’rinishida ko’rish mumkin:

VI. Sayt-satellitlarda WWW.uz hisoblagichini o’rnatish

23. Avval, katalogda blogni yoqtirish uchun so’rovnomani to’ldirib yuborish kerak.

24. Moderator so’rovnomangizni ma’qullab, saytingiz katalogda paydo bo’lgach, katalogdan saytning id-raqamini topish zarur. Buning uchun qidiruv katalogidan saytingizni topish lozim.
Undan so’ng topilgan havolada sayt ta’rifiga kirishingiz va manzillar qatoridagi katalogdan saytning id-raqamini ko’rishingiz mumkin. Ushbu raqamni saqlab qo’yishni unutmang.

25. Endi administrator panelida “Tashqi ko’rinish” menyusi ochiladi, bu yerda “Vidjetlar” bandini tanlang. WWW.uz schetchik hisoblagichi vijdetini toping va sichqonchani The primary widget area doirasiga olib boring.

WordPress Themes